Fargʻonada qariyb 600 million soʻmlik “zangori yoqilgʻi” oʻgʻirlagan oshxona aniqlandi (+video)
Fargʻona shahridagi ovqatlanish maskanida 591 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, Fargʻona shahrida “Hududgaz Fargʻona” gaz taʼminoti filial komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda reyd tadbirlari oʻtkazilgan.
Tekshiruvlar davomida shaharning Ipak yoʻli koʻchasida joylashgan “Y. K.” nomli umumiy ovqatlanish maskanida isteʼmolchi gaz tarmogʻiga yashirin tarmoq orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 591 million 642 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan hamda ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring