Fargʻonada qariyb 1,3 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlagan “dom” koʻp qavatli uy fosh qilindi

17:11 29 Yanvar 2026 Jamiyat
347 0

Fargʻona shahridagi koʻp qavatli uyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbiri davomida shaharning A. Navoiy koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uy xatlovdan oʻtkazilgan.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu koʻp qavatli uy taʼminot tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani fosh boʻlgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 283 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan hamda barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?