Fargʻonada qalin tuman sabab bir qancha mashina YTHga uchradi
Videodan kadr
Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻlining Fargʻona viloyati hududidan oʻtgan qismida bir nechta avtomashinalar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati ushbu hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 29-noyabr kuni tongda Yozyovon, Oltiariq, Uchkoʻprik, Buvayda va Dangʻara tumani hududlaridan oʻtgan xalqaro ahamiyatdagi A373 Toshkent—Oʻsh avtomobil yoʻlida bir nechta mashinalar oʻzaro toʻqnashib ketgan. Bunga qalin tuman tushib, koʻrish masofasi qisqargani sabab boʻlgan.
Viloyat YHXB haydovchilarga murojaat qilib, hushyor boʻlishni, oraliq masofani saqlashni, belgilangan tezlikdan oshmaslikni hamda tuman kuchaysa, zarur boʻlmasa, yoʻlga chiqmaslikni soʻragan.
Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipovning «Xalq soʻzi»ga maʼlum qilishicha, YTH 4 ta mashina ishtirokida yuz bergan. Hodisa oqibatida 1 kishi tan jarohati olgan, vafot etganlar yoʻq. Tan jarohati olgan fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring