Fargʻonada media volontyorlar klubi aʼzolari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida media volontyorlar klubi aʼzolari bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Unda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, media sohasiga qiziquvchi yigit-qizlar bilan samimiy suhbatlashdi.
Tadbirda taʼkidlanganidek, bugungi kunda dunyo miqyosida inson ong-u tafakkuri uchun jiddiy kurash kechmoqda. Ayniqsa, turli niqoblar ortidagi axborot taʼsirlari orqali hali dunyoqarashi toʻliq shakllanib ulgurmagan yoshlarni oʻz taʼsiriga olishga qaratilgan harakatlar koʻpayib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan, mazkur klub doirasida zamonaviy yondashuvlar asosida milliy va sifatli kontent yaratish muhim vazifa sifatida belgilangani qayd etildi.
— Ezgu tashabbus ijobatida boshlovchilik, videomontaj, foto va video mahsulotlar tayyorlash, kontent yaratish, grafik dizayn, jurnalistika hamda SMM yoʻnalishlarida oʻz salohiyatini namoyon etishni istagan yoshlar volontyorlikka taklif etilgan edi, — deydi Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Maʼsudjon Sulaymonov. — Quvonarlisi, qisqa vaqt ichida “MEDIA VOLONTYORLAR” klubiga 60 nafardan ziyod yigit-qizlar aʼzo boʻldi.
Shu tariqa viloyat hokimligi axborot xizmati va qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida turli yosh toifasidagi faol yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirgan ilk media volontyorlar klubi tashkil etildi.
Qayd etilganidek, volontyorlik faoliyati faqatgina koʻngilli xizmat emas, balki katta masʼuliyat hamdir. Axborot makonida sifatli va milliy kontentlar hajmini oshirish, viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlar hayotini kreativ yondashuvlar asosida keng jamoatchilikka yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuv davomida klub aʼzolarining ijodiy gʻoyalari tinglanib, ularning istiqbolli loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. Shuningdek, yoshlarga tajribali jurnalistlar va media sohasida katta tajribaga ega ijodkorlar tomonidan amaliy maslahat va zarur koʻnikmalar berildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring