Fargʻonada kriminal avtoritet boʻlishga uringan shaxs qamoqqa olindi

05:15 24 Iyun 2024 Jamiyat
488 0

Fargʻona viloyatida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyat olami vakillari bilan yaqin aloqada boʻlgan va bir qancha jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan Egamberdiyev Abdullo Tavakkal oʻgʻli ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, ushbu shaxs 1990-yilda tugʻilgan, Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani “Baland masjid” MFY Navroʻz koʻchasi 14-uyda yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi bilan sudlangan.

U 2022-2023-yillarda “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan kriminal avtoritet Baxtiyor Qudratilloyev hamda ”Salimboyvachcha” — Salim Abduvaliyev bilan tanishib, ular bilan yaqin aloqada boʻlgan hamda jinoyat olamida yetakchi boʻlishga uringan. Tezkor tadbirda Abdullo Egamberdiyev Fargʻona shahrining Qirguli mavzesida qoʻlga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi “a”, “b” bandlari, 28-moddasi orqali 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli fuqarolar! Agar siz ham ushbu shaxsdan jabr koʻrgan boʻlsangiz, yaqin oradagi ichi ishlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar berishingiz soʻraladi”, deyilgan xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер