Fargʻonada Xitoy investitsiyasi asosida traktor ishlab chiqarish loyihasi boshlanadi
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini qabul qildi. Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida traktor ishlab chiqarish boʻyicha yirik investitsion loyiha amalga oshirilishi muhokama qilindi. Umumiy qiymati 100 million dollar boʻlgan ushbu loyihaning birinchi bosqichiga 30 million AQSH dollar sarflash rejalashtirilgan.
Xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda allaqachon “Fargʻona traktor ishlab chiqarish korxonasi” roʻyxatdan oʻtkazildi. Joriy yil yakuniga qadar “Tulpor” milliy brendi asosida turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Korxona ekologik barqarorlik tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritadi. Zavod tom qismiga 2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari oʻrnatilib, korxonaning oʻzini elektr bilan mustaqil taʼminlashi taʼminlanadi.
Ikki bosqichli loyiha doirasida dastlab traktor ishlab chiqarish zavodi quriladi, keyinchalik esa butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi. Mahsulotlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
Dastlabki bosqichda korxonada 250 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyiha qisqa muddat ichida ishga tushirilishi lozimligini taʼkidlab, masʼullarga zarur koʻrsatmalar berdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring