Fargʻonada ikki kishining oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qamaldi
Illyustrativ foto
Fargʻona viloyatining Furqat tumanida “Cobalt” va “Damas” toʻqnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Maʼlum qilinishicha, “Cobalt” haydovchisi atrofni tuman qoplagan boʻlishiga qaramay, yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga oʻtib harakatlanib kelayotganda oʻz yoʻnalishida kelayotgan “Damas”ga borib urilgan.

YTH oqibatida “Damas” haydovchisi hodisa joyida halok boʻlgan. Ushbu avtomobilda yoʻlovchi sifatida ketayotgan haydovchining turmush oʻrtogʻi oʻsha kuni shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan “Cobalt” haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar oʻlimiga sabab boʻlishi) bilan ish ochilgan. Sud hukmiga koʻra, unga 3-yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum qilinib, 3-yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qayd etilishicha, unga jazo tayinlashda jabrlanuvchilarning qonuniy vakilining daʼvosi yoʻqligi, yetkazilgan zarar qoplangani inobatga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring