Fargʻonada har bir maktab “Xamsa” bilan taʼminlanadi
Fargʻona shahridagi Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan soʻlim xiyobonda buyuk mutafakkir shoir tavalludining 580-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
— Alisher Navoiy ijodini oʻrganishni keng targʻib etish maqsadida viloyatdagi har bir maktabga “Xamsa”ni yetkazib berishni rejalashtiryapmiz, — dedi tadbirda soʻzga chiqqan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov. — Boisi yoshlarimiz Navoiy boy ijodiy merosidan toʻliq bahramand boʻlsa, barkamol avlod orzusi yoʻlidagi saʼy-harakatlarimiz kutilgan samaralarini beradi.
Tadbirda viloyat faollari, shoir-yozuvchilar, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Adabiy mushoira, mumtoz kuy-qoʻshiqlar tadbirga yana-da fayz baxsh etdi.
Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring