Fargʻonada fura yukxonasida yongʻin yuz berdi
Foto: Fargʻona viloyati FVB
Fargʻona viloyati Buvayda tumanida yuk avtomobilida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-yanvar kuni soat 14:48 da Buvayda tumani “Qoʻshtepa massivi” A-373 Andijon-Toshkent yoʻnalishning 213 kilometrida kalava ip ortilib harakatlanib ketayotgan “Volvo” rusumli yuk avtomobilida yongʻin yuz bergan.
Yongʻin oʻchirish ekipajlari voqea joyiga soat 15:02 da yetib borib 15:04 da alangani qurshab olgan va ikki daqiqa ichida yongʻinni batamom oʻchirishga erishgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring