Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Videodan kadr
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “HET” AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda “A.A.F” fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelingani fosh boʻlgan.
Hisob-kitoblarga koʻra, isteʼmolchi qiymati 1 milliard 845 million soʻmdan ortiq elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar qonuniy baho berilishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq joriy yilning may oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 94,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring