Fargʻonada “Cobalt” va “Lacetti” toʻqnashib yonib ketdi
Foto: Fargʻona YHXB
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida sodir boʻlgan dahshatli yoʻl-transport hodisasida ikki nafar yoʻlovchi jabrlandi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 8-avgust kuni Bagʻdod tumani Muqimiy MFY hududidan oʻtgan D105 “Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻlining 276-kilometrida 1995-yilda tugʻilgan S.X. “Cobalt” avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib 1983-yilda tugʻilgan T.D. boshqaruvidagi “Lacetti”ga borib urilgan.
Toʻqnashuv dan soʻng har ikki avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.
Shuningdek, yoʻl-transport hodisasi tufayli “Damas”, “Nexia-3” va “Nexia-1” rusumli transport vositalariga ham texnik shikast yetgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring