Fargʻonadagi bozorda bir qizga loʻlilar igna tiqib, kasallik yuqtirgani rostmi?

11:47 27 Avgust 2025 Jamiyat
213 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻqon shahrida bozorda bir qizga loʻlilar igna tiqib ketib, kasallik yuqtirgani mazmunida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Fargʻona IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida xabarlarda aytilgan igna orqali “SPID” kasalligi tarqatish holati oʻz tasdigʻini topmagan.

“Shu oʻrinda yolgʻon xabar tarqatib, odamlarni sarosimaga solgan tarmoq faollarini javobgarlikka tortish masalasi koʻrib chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Toshkentda tarvuzdan zaharlanish holatlari koʻpayib borayotgani mazmunidagi xabar yuzasidan munosabat berilgani toʻgʻrisida xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер