Fargʻonada 97 million soʻmlik sifatsiz tamaki savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tumani boʻlimi va Bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro N.B.ning “Chery Tiggo 8 PRO” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv davomida avtomobil saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan, kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan umumiy bahosi 97 million soʻmlik 7 ming 500 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida olib kelgani maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring