Fargʻonada 72 yoshli ota oʻgʻlini pichoqlab oʻldirdi

13:55 04 Sentyabr 2024 Jamiyat
494 0

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida 72 yoshli erkak 41 yoshli oʻgʻlini pichoqlanib oʻldirdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bildirilishicha, voqea 1-sentyabr kuni soat 17:00 lar atrofida Oltiariq tumani “Toshobod” MFYda sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 72 yoshli N.N. yashash xonadonida oʻgʻli 1983-yilda tugʻilgan O.N. bilan oʻzaro janjallashgan. Janjal oqibatida u oʻgʻlini qasddan oʻldirish maqsadida yashash xonadonidan oshxona pichogʻini olib, ushbu pichoq bilan qurollanib, O.N.ning koʻkrak qafasi yuqori chap tomon qismiga bir marotaba urib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

Olgan tan jarohatlari oqibatida fuqaro O.N. Oltiariq tuman Tibbiyot birlashmasi SHTTYB reanimatsiya boʻlimida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2-sentyabr kuni Oltiariq tumani prokuraturasi tomonidan N.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda gumon qilinuvchi N.N. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер