Fargʻonada 67 yoshli onaxon tomorqasiga 450 tup koʻknori ekkani aniqlandi

13:13 03 Iyun 2025 Jamiyat
215 0

Foto: Fargʻona viloyati IIB

Fargʻona viloyati Buvayda tumanida tomorqasida 450 tup koʻknori ekkan 67 yoshli ayol ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buvayda tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida 1958-yilda tugʻilgan Buvayda qishlogʻida yashovchi ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda tomorqasida 450 tup koʻknori oʻsimligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Foto: Fargʻona viloyati IIB

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan viloyatida 67 yoshli shaxsning tomorqasidan 90 tup koʻknori topilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi xonadonlardan birida yashovchi 60 yoshli shaxs 47 tup koʻknorini parvarishlab kelinayotgani aniqlangan edi.

Bundan tashqari Dangʻara tumani IIO xodimlari tomonidan tuman hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Qashqar” mahallasida yashovchi 49 yoshli ayol yashash xonadonida 118 tup agrotexnik ishlov berilgan koʻknori giyohvandlik oʻsimliklariga oʻxshash oʻsimlikni ekib, parvarishlab kelgani fosh etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер