Fargʻona viloyatiga Eron Islom Respublikasi kompaniyalari tomonidan 38 million dollarlik investitsiya kiritiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Iqboljon Ergashev joriy yil 14-18-iyun kunlari Eron Islom Respublikasida poytaxti Tehron shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etdi. Yuzma-yuz muloqotlar davomida eronlik tadbirkorlar bilan bir qator kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar natijasida Fargʻona viloyatida Eron sarmoyasi ishtirokida umumiy qiymati 38 million dollarlik 11 ta investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy yoʻnalishlardagi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Eron Tadbirkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda Fargʻonada «Oʻzbekiston-Eron savdo uyi” tashkil etiladigan boʻldi. Shuningdek, Fargʻona viloyati bilan Eronning Mozandaron ustoni (viloyati) oʻrtasida hamkorlik aloqalari oʻrnatildi hamda koʻp tomonlama hamkorlik bitimi boʻyicha kelishuvga erishildi.
Taʼkidlash oʻrinliki, Mozandaronda tekstil, yogʻochsozlik, qogʻoz sanoati, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Endilikda ushbu yoʻnalishlarda oʻzaro sheriklikda istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi.
Samimiy uchrashuvlar davomida joriy yilning toʻrtinchi choragida Mozandaron rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Fargʻona viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring