Farg‘ona viloyati shahar-tuman hokimlari Yozyovon tajribasi bilan tanishdilar
Foto: Xalq so'zi
Prezidentimizning 2023 yil 12 aprel kungi “Qishloq xo‘jaligi korxonalari dala chetlaridagi yer maydonlarida mahsulot yetishtirsh tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori Yozyovon tumanida namunaviy tarzda tashkil etilyapti.
Shu bois, Farg‘ona viloyati hokimligi tashabbusi bilan shahar-tumanlar hokimlarining dala madaniyati bo‘yicha Yozyovon tajribasini o‘rganish maqsadida yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda Yozyovon tumanida 232 ta fermer xo‘jaligining 1806 km dala chetlari bo‘lib, 158 gektarni tashkil qiladi. Ana shu maydonlarga 384 ming tup tut, uzum, terak ko‘chatlari ekildi. Dala chetlarida uzum toklari barpo etilib, ular tagiga oshqovoq, mochalka kabi ekinlar ekildi,
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov «Mezon» fermer xo‘jaligi dala shiyponida o‘tkazilgan yig‘ilishda har bir shahar-tuman hokimi o‘z hududida dala madaniyati bo‘yicha ishlarni shu yo‘sinda tashkillashtirishi maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladi.
- Bugun muloqotga bejizga shahar hokimlarini taklif qilmadik,- dedi viloyat hokimi. – Farg‘ona, Quvasoy shaharlarida ekin yerlari bo‘lsa, Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlariga yerlar qo‘shildi. Ana shu hududlarda yerning har bir qarichdan foydalanish kerak.
Samimiy muloqotlar davomida shahar-tuman hokimlari avtobusda hudud aylanib, tumanda amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘lishdi. Xususan, fermer xo‘jaliklari tomonidan zovur bo‘yidagi bo‘sh maydonda bunyod etilgan issiqxonalarda pomidor-bodring yetishtirish tajribasini o‘rganishdi.
Tumanning «Porloq» MFY aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishadi. Endilikda mahallada baliqchilik ham jadal rivojlanyapti.
Ayni paytda Yozyovon tuman hokimligi tashabbusi bilan hududdan oqib o‘tuvchi zovurning 2,5 km tozalndi. Har biri 110 kv.m li hovuzchalar tashkil qilinib, 33 ta xonadonga bo‘lib berildi. Yozyovon tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘lim boshlig‘i U. Nisbatxonovning ma’lum qilishicha, 110 kv. m hovuzda baliq boqayotgan har bir oila xarajatlarni chiqarib tashlagandan so‘ng 12 million so‘m daromad qilishi ko‘zda tutilyapti.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Innovatsion ishlanmalar va ilg‘or texnologiyalar namoyishi
- Surxondaryolik olimlar yangi boʻyoq turini yaratishdi
- Insoniyat yangi rekordni qayd etdi
- Toshkentda O‘zbekiston va Turkiyaning uchta vazirlik va idoralari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi
- 23 kun: Toshkentdagi ayrim koʻchalarda transport harakati qisman cheklanadi
- Quvayt elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring