Fargʻona viloyati kadastr boshligʻi yigʻilishda kurakda turmaydigan soʻzlar bilan soʻkindi
Ijtimoiy tarmoqda Kadastr agentligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi yigʻilishda xodimlarini haqoratlagani tasvirlangan video tarqaldi. Ushbu holat Kadastr agentligining odob-axloq komissiyasi tomonidan atroflicha oʻrganib chiqildi.
Kadastr agentligining maʼlum qilishicha, ushbu holat joriy yilning 3-may kuni Kadastr agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi hamda boʻlim boshliqlari ishtirokida hududda yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish boʻyicha belgilangan vazifalarni ijrosini bajarilishi hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yuborilgan murojaatlarni oʻz vaqtida sifatli koʻrib chiqish boʻyicha oʻtkazilgan tahliliy, tanqidiy yigʻilish jarayonida sodir boʻlgan.
Boshqarma boshligʻi yigʻilish davomida xodimlar tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tahlil qilish vaqtida asablarini jilovlay olmagan.
Agentlik tomonidan boshqarma boshligʻiga nojoʻya soʻzlarni ishlatgani uchun “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
“Bunday holatlarni oldini olish va bu kabi xatoga yoʻl qoʻyilmaslik yuzasidan tizimdagi barcha tashkilot va hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi”, deyiladi agentlik xabarida.
Kadastr agentligining qoʻshimcha qilishicha, bu kabi holatlarni oʻz holiga tashlab qoʻymaydi. Xodimlarning ishchanlik kayfiyatiga hamda mehnat samaradorligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan holatlar jiddiy nazoratga olinadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring