Fargʻona va Qoraqalpogʻistonda elektr tokidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Qoraqalpogʻiston va Fargʻonada 600 million soʻmdan ortiq qiymatga ega elektr tokidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Beruniy tumanidagi YATT “N.G.” aholiga xizmat koʻrsatish salonida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga yashirin ulanib, 324,4 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Boshqa bir holatda esa Departamentning Oltiariq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Oʻ.K.” fermer xoʻjaligini boshqarib kelgan Z.U. umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 318,6 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring