Fargʻona turizm va investitsiya salohiyati “Soʻgʻd-2021” xalqaro yarmarkasida namoyish etilmoqda

Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi
Shu yilning 19-20-oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Xoʻjand shahrida “Soʻgʻd-2021” xalqaro savdo savdo yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Fargʻona viloyatining turizm va investitsiya salohiyatini targʻib etish maqsadida yarmarkada viloyat hokimligi masʼullari, 20 nafardan ziyod tadbirkorlar ham ishtirok etmoqda.
-Oʻzbek va tojik azaldan ikki tilda soʻzlashuvchi bitta xalq hisoblanadi,-deydi Fargʻon viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Ahmedov. – Bugungi kunda nafaqat yaxshi qoʻshnichilik, balki savdo-iqtisodiy, madaniy, turizm va sport, fan, sanoat singari barcha sohada hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani quvonarlidir. Bu tadbirda ishtirok etishdan maqsad viloyatimizning turizm va investitsiya sohasidagi salohiyatini targʻib etish, hamkorlikda yangi va istiqbolli tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishdan iborat.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring