Fargʻona turistlar uchun jozibador hududga aylanadi

17:52 09 Iyul 2024 Jamiyat
326 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona dunyo megapolislari bilan boʻylashadigan obod va goʻzal shaharga aylanib bormoqda. Keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari, yangi turar-joy dahalari, yashil xiyobonlar sayyohlar eʼtiborini tortmoqda. Turizmni rivojlantirish maqsadida turli sayilgohlar, koʻngilochar maskanlar barpo etilib, tarixiy-madaniy obidalar zamonaviy mezonlar asosida taʼmirlanmoqda. Shu tariqa shaharda turistik marshrutlar soni tobora oshib bormoqda.

Demak, bu borada shahar ozodaligi, yashillik, tabiat neʼmatlarini asrash muhim ahamiyatga ega. Fargʻona shahar hokimligi tomonidan hayotga tatbiq etilgan navbatdagi tashabbus ana shu yoʻnalishdagi ishlar koʻlamini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtardi.

— Fargʻona shahar hokimligi, IIB, Milliy gvardiya, boshqaruv-servis kompaniyalari ishtirokida 10 ta ishchi guruh tashkil etildi, — deydi Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov. — Ishchi guruh aʼzolari shahardagi 70 dan ortiq mahalla fuqarolar yigʻinida doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadi. Asosiy maqsad – mahalladagi yashil hududlarni saqlash, maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida tashqariga olib chiqishga qaratilgan.

Tashabbus doirasida keng jamoatchilik, ayniqsa, mahalla ahlining ekologik madaniyati, tabiatga munosabati oʻzgara boshladi. Taʼsirchan jamoatchilik nazorati oʻrnatilib, har bir mahallada mevali va manzaralari daraxtlar, gullar parvarishi, uyi atrofini pokiza saqlashga boʻlgan eʼtibor kuchaydi.

Fargʻona shahar IIB, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan oʻzlari biriktirilgan mahallalarda reydlar oʻtkazilib, tabiatga zarar yetkazgan, chiqindini belgilanmagan joyga tashlab ketayotgan huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrilishi taʼminlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?