Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi

Shaharda eng gavjum hisoblangan Yuksalish ko‘chasi “ijtimoiy ko‘cha” sifatida tanlab olinib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi.
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, bu ko‘chada 3 ta chorrahada 22 dona “aqlli” sfetofor, ko‘chaning 2 tomonidagi piyodalar yo‘laklariga 1,6 km. uzunlikda taktil qoplamalar, piyodalar o‘tish yo‘laklarida ko‘cha to‘siqlari o‘rnatildi.
Shuningdek, chorrahalarda piyodalar o‘tish yo‘laklari maxsus bo‘yoq bilan qoplandi, mavjud binolarning kirish qismlari eshiklar atrofi kontrast rangli ogohlantiruvchi tasmalar bilan to‘liq jihozlandi, yo‘laklarda yangi panduslar qurildi, avtobus bekati nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirildi.
Bulardan tashqari, umumiy 400 metr uzunlikda piyodalar yo‘lagidan binolargacha bo‘lgan masofalarga taktil qoplamalar yotqizish, 18 ta tadbirkorlik subyekti binolariga pandus o‘rnatish va 24 ta mavjud panduslarni ta’mirlash, 8 ta piyodalar o‘tish yo‘laklari oldida ko‘cha to‘siqlarini o‘rnatish ishlari yakunlanish arafasida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring