Fargʻona shahrida obodonlashtirish sohasi xodimlariga 15 ta yangi maxsus avtomashina foydalanishga topshirildi
Fargʻona shahrida aholiga koʻrsatilayotgan tozalik-sanitariya xizmati sifatini yaxshilash maqsadida Yaponiya brendi asosida Samarqandda ishlab chiqarilayotgan 15 ta yangi “Isuzi” avtomashinasi foydalanishga topshirildi.
Shu tariqa 5 milliard soʻm investitsiya kiritilib, obodonlashtirish sohasida maxsus texnik xizmat koʻrsatish transportlari parki kengaytirilishiga erishildi.
—Bu turdagi transport vositalari mahalliy iqlim sharoitiga mosligi tufayli allaqachon sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan,—deydi “Qirguli kommunal servis” MCHJ boshligʻi Alisher Rahbarov.—Ayni paytda samarali xizmat koʻrsatib kelayotgan ushbu rusumdagi mashinalarning ehtiyot qismlari boʻyicha hech qanday muammo yoʻq. Qolaversa, servis xizmati koʻrsatish boʻyicha ham malakali ustalarimiz yetarli.

Avval Fargʻona shahridagi 7 ta MFYga bitta ana shu kabi ixtisoslashgan transport xizmat koʻrsatgan boʻlsa, endilikda ushbu koʻrsatkich 4 taga toʻgʻri kelmoqda. Shuningdek, mahallalar kesimida maishiy chiqindilarni toʻplash, saralash va olib ketish borasida samarali tizim joriy etildi. Yangi chiqindi yigʻish jihozlari olib kelindi va mahallalar kesimida joylashtirildi.
Aytish joiz, shu kuni “Qirguli kommunal servis” MCHJning yangi qurib bitkazilgan xizmat binosi ham oʻz faoliyatini boshladi. Zamonaviy mezonlar boʻyicha ish tashkil etiladigan mazkur binoda avtomashinalar harakatini onlayn kuzatish, har bir mahalla bilan tezkor va doimiy muloqot oʻrnatish yoʻlga qoʻyiladi.
Yangi bino foydalanishga topshirilishi munosabati bilan 150 dan ortiq doimiy ish oʻrni yaratildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring