Fargʻona shahrida xitoylik tadbirkorlar ishtirokida investitsiya forumi boʻlib oʻtdi

11:35 29 Aprel 2025 Jamiyat
161 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Maʼlumki, joriy yilning 13-20-aprel kunlari Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Xitoyda boʻldi. Xitoyning bir qator provinsiyalari, yirik ishlab chiqarish kompaniyalarida oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotlarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Bu kelishuvlarning amaliy samarasi sifatida kuni kecha Xitoyning Xotan provinsiyasining 10 nafarga yaqin rasmiylari hamda 30 dan ziyod yirik kompaniyalari rahbarlari Fargʻonaga tashrif buyurdi. Keng qamrovli muloqotlar davomida Fargʻona — Xotan investitsiya forumi boʻlib oʻtdi.

— Forumning asosiy maqsadi viloyatimizning tadbirkorlik sohasidagi salohiyatini namoyish etishga qaratilgan, — deydi Fargʻona viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Azimjon Yuldashev. — Shuningdek, ushbu tadbir orqali xitoylik tadbirkorlarni yangi investitsiya loyihalariga jalb qilish hamda Oʻzbekiston — Xitoy oʻrtasidagi savdo aloqalarini yanada jadallashtirish maqsad qilingan.

Aytish joiz, forum doirasida investitsiya loyihalarini bir necha barobarga oshirish rejalashtirildi va bu borada amaliy saʼy-harakatlarga kirishildi. Shu bilan birga, yaqin vaqt ichida fargʻonalik tadbirkorlar delegatsiyasining Xotan provinsiyasiga safarini uyushtirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?