Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi mahsulot yuborishni raqamlashtirmoqda
Foto: Arxiv surat
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali FNQIZ texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqishga erishmoqda. Bugungi kunda korxonaning barcha resurslari isteʼmolchilarni arzon yoqilgʻi, xususan, benzin bilan taʼminlashga qaratilgan.
Ishlab chiqarish va mahsulot yuborishning yuqori surʼatlarini taʼminlash maqsadida 2022-yil dekabr oyining birinchi oʻn kunligidan boshlab Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida «SAP S/4 Hana» dasturiy taʼminoti asosida Korporativ axborot tizimida elektron hujjat aylanishi orqali yuklarni joʻnatishning avtomatlashtirilgan jarayoni ishga tushirildi. Bu mijozlar bilan oʻzaro aloqada boʻlgan boʻlim uchun mahsulot yuborish jarayonining barqarorligi va shaffofligini taʼminlaydi.
Amalga oshirilgan avtomatlashtirish jarayoni bir qator afzalliklarni beradi. Yuk hujjatlari endi QR kod bilan chop etiladi. Uning ichida yuk haqidagi barcha maʼlumotlar bir joyda raqamli tarzda jamlanadi. QR kod yordamida mutaxassis mobil telefondan yukni joʻnatish va unga masʼul boʻlgan shaxslar haqidagi barcha maʼlumotlarni koʻrishi mumkin.
Bundan tashqari, ushbu avtomatlashtirish jarayoni joriy etilishi bilan har bir avtomobil ularga beriladigan elektron talon orqali zavodga kiradi. Yuk tashish holatini onlayn tarzda kuzatish, bu jarayonning har bir bosqichini barcha ishtirokchilar tomonidan masʼuliyat bilan amalga oshirishiga zamin yaratadi.
Amalga oshirilgan tizim mahsulotlarni joʻnatish bilan bogʻliq yuzaga keladigan muammolar zudlik bilan bartaraf etish imkonini beradi va qogʻoz hujjatlar sonini keskin kamaytiradi. Tizimdagi barcha maʼlumotlar inson omili ishtirokisiz amalga oshiriladi.
“Ushbu jarayon zavod menejmentiga dunyoning istalgan nuqtasidan, onlayn tarzda zavoddagi jarayonlarni koʻrish va kuzatish imkonini beradi. Hozirda zavod tomonidan mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha keyingi qadamlar belgilangan”, — dedi biznes jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha direktor oʻrinbosari Natalya Alshanikova.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring