FarDU Oʻzbekiston va Belarus taʼlim forumiga mezbonlik qildi
Foto: FarDU Matbuot xizmati
Bugungi globallashuv davrida davlatlar oʻrtasidagi eng mustahkam koʻprik — bu nafaqat siyosiy, iqtisodiyot, balki taʼlim va ilm-fan orqali oʻrnatiladigan aloqalardir. Shu maʼnoda Fargʻona davlat universiteti(FarDU)da boʻlib oʻtgan “Innovatsion hamkorlik: oliy va kasbiy taʼlim masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Belarus ikkinchi taʼlim forumi” ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlikni yangi mazmun bilan boyitgan, ilmiy hamkorlik sari dadil qadam boʻldi.
Forumda ikki davlatning 30 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rektorlari va 60 dan ortiq kasbiy taʼlim muassasalari rahbarlari boshchiligidagi 100 dan ortiq delegatsiyalar ishtirok etdi. Uning doirasida oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida 30 dan ortiq oʻzaro hamkorlik boʻyicha kelishuv va shartnomalar imzolandi. Ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlari va vazirlik vakillari oʻzaro muloqot olib bordilar. Uchrashuvlarda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, qoʻshma ilmiy loyihalar yaratish, oʻquv dasturlarini uygʻunlashtirish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi masalalari muhokama qilindi.
Ushbu anjumanning eng muhim jihati shundaki, u kelajak avlod uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Oʻzbekistonlik va belaruslik talabalarga qoʻshma taʼlim dasturlarida ishtirok etish, almashinuv dasturlari orqali tajriba orttirish imkonini beradi. Bu esa yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni xalqaro mehnat bozorida raqobatdosh kadr sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Belarus delegatsiyasi Fargʻona viloyatining ilmiy, madaniy va hunarmandchilik salohiyati bilan tanishtrildi. Mehmonlarga, ayniqsa, Rishton kulolchiligi, Margʻilon ipak matolaridagi tikuvchilik anʼanalari, mahalliy hunarmandlar bilan uchrashuvlar katta taassurot qoldirdi. Qayd etish joizki, bu nafaqat ilmiy, balki madaniy diplomatiyaning yorqin namunasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring