«Faqat ikkalamiz» — Tramp Baydenni yakkama-yakka «jang»ga chorladi
Illyustrativ foto
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden moderatorsiz debatlarda oʻz malakasini namoyish eta oladi. Ushbu fikrlarni Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp aytib oʻtdi.
«Insofsiz Jo Baydenning malakasi haqidagi savolga javobim bor. Yana bir bahs qilaylik, lekin bu safar hech qanday qoidalarsiz. Hamma narsani qamrab oluvchi bahs, faqat ikkimiz sahnada, mamlakatimiz kelajagini muhokama qilamiz», — deb taklif qildi sobiq prezident.
Trampning soʻzlariga koʻra, birinchi debatning ulkan reytinglari yangi format tomoshabinlar bilan yanada muvaffaqiyatli boʻlishini anglatadi. Shu bilan birga, moderatorsiz soʻzlash Demokratik partiyadan nomzodga dolzarb savollarga toʻliqroq javob berishi hamda partiyadoshlari va saylovchilarning oʻz qobiliyatiga nisbatan barcha shubhalarini bartaraf etish imkonini beradi. Bundan tashqari, Tramp bu formatni oʻzi uchun ajoyib sinov, deb hisoblaydi.
Bungacha Bayden debatdagi muvaffaqiyatsizligini charchoq bilan izohlagan edi. Davlat rahbari bir haftalik ommaviy boʻlmagan tayyorgarlik koʻrganiga qaramay, Yevropaga oldingi safarlar katta kuch sarflaganini va u tadbirda «deyarli uxlab qolganini» taʼkidladi.
Amerika matbuotiga koʻra, AQSH prezidenti oʻz shtab-kvartirasi va Demokratik partiya Milliy qoʻmitasi bilan videoselektor yigʻilishida kurashni davom ettirishini va «hech kim uni chetga chiqarmayotganini» aytgan. Shu bilan birga, bir guruh demokrat qonunchilarning Oq uy rahbariga prezidentlik saylovi poygasidan chiqish chaqirigʻi bilan murojaat qilish rejalari haqida xabarlar paydo boʻlmoqda.
Vakillar palatasi aʼzolaridan biri Lloyd Doggett esa Baydenga muqobil nomzod foydasiga saylovlarda qatnashishdan bosh tortish iltimosi bilan ochiq murojaat qildi. Uning partiyadoshi va hamkasbi Raul Grixalva ham boshqa nomzodlarni qidirish zarurligi haqida fikr bildirdi.
Shu bilan birga, payshanba kuni avvalroq Merilend shtati rahbari Ues Mur Amerika yetakchisi bilan uchrashuvda 20 nafar demokrat gubernator uni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Oq uy, oʻz navbatida, Bayden «har doimgidek oʻtkir aqlli» va saylovdan qaytmasligini aytdi.
28-iyun kuni Atlantada AQSH prezidentligiga nomzodlarning ilk debati boʻlib oʻtdi. Amerika ommaviy axborot vositalari hozirgi davlat rahbari juda yomon gapirganiga haqida turli axborotlar va maqolalar tarqatdi.
Gap shundaki, debat vaqtida u duduqlanib, toʻxtab qoldi, ayrim holatlarda oʻz fikrlarini aniq ifoda eta olmadi va bahs tugagandan soʻng rafiqasining yordami bilan sahnani tark etdi.
Koʻplab siyosatchilar va jurnalistlar Demokratik partiya Baydendan voz kechib, boshqa nomzodni koʻrsatishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Nazariy jihatdan, bunday imkoniyat avgust oyida boʻladigan kongressda paydo boʻladi. Amalda, praymerizda gʻalaba qozongan siyosatchining oʻzi ishtirok etishdan bosh tortmasa, uni poygadan chetlashtirish qiyin masala.
Nomzodlar oʻrtasidagi ikkinchi debat 10-sentyabrga belgilangan. AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring