Faol va tashabbuskor ayollar safi kengayadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida inson manfaatlari va xalq farovonligi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi ekani yana bir bor taʼkidlandi. Shu jihatdan aytish joizki, mamlakatimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoya amaliy siyosat darajasiga koʻtarildi. Bu gʻoya fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash hamda aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Murojaatnomaning muhim yoʻnalishlaridan biri boʻldi. Davlat rahbari tomonidan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ayollar biznesini rivojlantirish, ularni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar ilgari surildi. Bu tashabbuslar ayollarning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlash, oilalar daromadini oshirish va kambagʻallikni qisqartirishga xizmat qiladi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish orqali jamiyatda faol, tashabbuskor va oʻz kuchiga ishonadigan xotin-qizlar safini kengaytirish maqsad qilingan.
Prezidentimiz sogʻlom va mustahkam oila jamiyat barqarorligining asosi ekanini taʼkidladi. Ayollarning oiladagi nufuzini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish va oilaviy munosabatlarda adolatni taʼminlash masalalari davlat siyosati darajasida koʻrib chiqilmoqda.
Murojaatda belgilangan vazifalar xotin-qizlarning jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga, ularning salohiyati va imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishiga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatimizning barqaror rivojlanishi, ijtimoiy totuvlik va farovonlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xotin-qizlar faoli sifatida Prezidentimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlash, belgilangan vazifalarni amalda hayotga tatbiq etish, har bir ayolning bilimli, faol, tashabbuskor va mustaqil boʻlishiga koʻmaklashishni oʻzim uchun muhim va sharafli burch deb bilaman. Prezidentimizning ushbu Murojaatnomasi bizni yanada katta masʼuliyat, fidoyilik va vatanparvarlik ruhida ishlashga undaydi.
Shohsanam RAHIMOVA,
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Yangi Sebzor MFY xotin-qizlar faoli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring