FAO Oʻzbekistonda gilos yetishtirishning “yashil” usullarini rivojlantiradi

Foto: Халқ сўзи
13-mart kuni Toshkentda FAOning alohida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning “yashil” usullarini rivojlantirish boʻyicha “Bir mamlakat – bitta ustuvor mahsulot” (One Country – One Priority Product - OCOP) Global harakatlar dasturini amalga oshirish doirasida “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yaxshilash uchun innovatsion yondashuvlar” loyihasining kirish seminari boʻlib oʻtdi. Tadbirda milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etib, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihaning maqsad va vazifalari haqida soʻz yuritdilar.
Aytish joizki, 2022-yilning noyabr oyida Rimda FAOning “Bir mamlakat – bitta ustuvor mahsulot” Global Harakatlar dasturini amalga oshirish boʻyicha mamlakat loyihalari rasmiy ravishda ishga tushirilgan edi. Asosiy maqsad barqaror oziq-ovqat qiymati zanjirlarini yaratish, oilaviy hamda mayda fermer xoʻjaliklarini daromad olish va turmush darajasini yaxshilash boʻyicha qoʻllab-quvvatlash, kimyoviy vositalar va tabiiy resurslardan foydalanishni minimallashtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini yoʻqotilishi va chiqindiga chiqishini kamaytirish, atrof-muhitga salbiy taʼsirlarni cheklashdan iborat.
Birinchi bosqichga 70 dan ortiq talabgor mamlakatlardan OCOP loyihalarini amalga oshirish uchun beshta davlat aniqlandi. Ular orasida Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi vakili boʻlgan Oʻzbekiston ham gilos yetishtirishni rivojlantirmoqda. Loyiha 2023-yil oxirigacha yakunlanishi lozim. Ushbu beshta OCOP loyihalarini amalga oshirish uchun tanlab olingan davlatlar alohida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda toʻplangan oʻzlarining tajribalari, innovatsiyalari va texnologiyalari bilan oʻrtoqlashadilar. Alohida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari deganda mahalliy miqyosda yaxshi maʼlum boʻlgan, keng tarqalgan yoki kam foydalaniladigan hamda ayni paytda milliy, mintaqaviy va xalqaro bozorlarda ilgari surish imkoniyatiga ega boʻlgan mahsulotlar tushuniladi.
“Oʻzbekistonda yiliga oʻrtacha 180 ming tonnagacha gilos yetishtiriladi. Agroekologik sharoitlar butun mamlakat boʻylab kichik fermerlarga kimyoviy moddalardan minimal darajada foydalangan holda gilos yetishtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, gilos koʻp tarmoqli va barqaror dehqonchilik tizimini, shuningdek, agrooʻrmonchilik va oʻrmon yaylovchiligini rivojlantirish imkonini ham beradi. Shunday qilib, gilos yashil va inklyuziv rivojlanish boʻyicha katta salohiyatga ega”, — dedi FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʻrinbosari Sherzod Umarov.
Seminarda soʻzga chiqqanlar kichik fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha OCOP ni joriy etishning ahamiyati haqida toʻxtalishdi. OCOP ning oʻziga xos biznes modeli kichik uy xoʻjaliklariga oziq-ovqat mahsulotlarini barqaror koʻpaytirish, shu orqali daromadlarni oshirish va pirovardida ularning turmush sharoitini yaxshilashga koʻmaklashishga qaratilgan. Tadbir davomida Oʻzbekistonda loyihani amalga oshirish doirasidagi asosiy tadbirlar va kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.
Tadbirning yakuniy qismida Oʻsimlikshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish (NSP) boʻlimi direktori Sya Szinyuan “Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari, ekspertlar va boshqa yuqori martabali shaxslar Oʻzbekistonda OCOPni joriy etishni qatʼiy qoʻllab-quvvatlab, gilos qiymat zanjirining barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun yashil texnologiyalarni ilgari surish boʻyicha keyingi qadamlarni belgilab berganidan juda mamnunman. Sizni ishontirib aytamanki, loyihaning kirish seminari maqsadlariga toʻliq erishildi va men OCOP milliy ishchi guruhi aʼzolariga va oʻzbekistonlik barcha hamkasblarga oʻtgan seminarda namoyish etilgan yaxshi tashkilotchilik va professionallik uchun samimiy minnatdorlik bildiraman”, — deb taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring