Falastinliklar Gʻazoga oʻz yaqinlarisiz qaytmoqda
Foto: Reuters
Gʻazo urushida Isroil tomonidan 61 700 nafardan ortiq falastinlik oʻldirildi. Endi ularning oila aʼzolari uyga oʻz yaqinlarisiz qaytib kelmoqda.
Falastinlik Aya Xasuna turmush oʻrtogʻi, toʻrt va ikki yoshli farzandlarining vafoti haqida gapirib berdi. Ular oʻtgan yilning avgust oyida Isroil hujumlari oqibatida halok boʻlgan. Endi esa Aya Xasuna ham yuz minglab falastinliklar qatori Shimoliy Gʻazoga yolgʻiz qaytmoqda.
«Oʻsha vaqtdan boshlab men kuchli boʻlishga harakat qildim. Ajralishga dosh berishga harakat qilaman. Ammo atrofimdagi hamma narsa menga yaqinlarimni eslatadi”, — deydi u.
Endi Gʻazoga qaytgan falastinliklarning koʻpi yaqinlarisiz, urushdan oldingi xotiralari bilan yashashga majbur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring