FacePay to‘lov tizimi endi Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida ham amalda

22:01 28 Mart 2025 Jamiyat
169 0

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi yo‘lovchi tashish sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni izchil davom ettirmoqda. Click va ATTO bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan FacePay to‘lov tizimi endi Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida ham amalda. Yangi xizmat yo‘lovchilarga turniket kamerasiga qarab naqd pul, karta va hatto smartfonsiz yo‘l haqini to‘lash imkonini beradi.

FacePay metroda sayohat qilishni yanada qulaylashtiradi, to‘lov vaqtini qisqartiradi va qog‘oz chiptalarga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etadi. Yaqin orada ushbu tizim barcha metro bekatlarida joriy etiladi. Transport vazirligi O‘zbekiston transportining raqamli kelajagi sari harakatlanishni davom ettirmoqda, uni yanada xavfsiz, qulay va ekologik toza qilish yo‘lida ishlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер