Yevropa Ukrainaga qoʻshin yuborish boʻyicha bir toʻxtamga kela olmayapti
Arxiv foto
“Koʻngillilar koalitsiyasi” AQSHdan aniq pozitsiyaga erisha olmagani uchun Ukrainaga qoʻshin yuborish masalasida boshi berk koʻchaga kirib qoldi. Bu haqda germaniyalik diplomatga tayanib, “El Pais” gazetasi xabar bermoqda.
Nashrning aniqlik kiritishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yevropalik hamkorlari bilan boʻlajak uchrashuvi, jumladan, siyosatchi xavfsizlik kafolatlarini qabul qiladimi yoki yoʻqligini aniqlashga qaratilgan.
Fransuz manbasining xabar berishicha, Kiyev va Yevropa davlatlari rasmiylari qoʻllab-quvvatlash choralarini muhokama qilishda sezilarli muvaffaqiyatga erishgan, biroq hamon Vashingtondan “yashil chiroq”ni kutishmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaro boʻyicha taraqqiyot boʻlmasa, AQSH Rossiyaga nisbatan “boshqacha pozitsiyada” turishiga vaʼda bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring