Yevropa komissiyasi Ukrainaga 6 milliard yevro moliyaviy yordam koʻrsatadi
Yevropa komissiyasi Ukrainaga qoʻshimcha 6 milliard yevro oʻtkazadi va Kiyevni yanada qoʻllab-quvvatlash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni taklif qiladi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen parlamentdagi nutqida Ukrainaga qariyb 6 milliard yevro qoʻshimcha moliyaviy yordam koʻrsatilishini maʼlum qilgan. Shuningdek, ushbu mablagʻlar orasida Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya davlat aktivlaridan foiz daromadi orqali qaytariladigan kredit ham borligini qoʻshimcha qilgan.
Yevropa komissiyasi rahbarining taʼkidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hali ham Yevropa Ittifoqini eʼtiborsiz qoldirmoqda va jang maydonida oʻz maqsadlariga erisha olishiga ishonmoqda.
“Bu eʼtiborsizlik fonida Yevropa Ittifoqi Kiyevga moliyaviy yordamini tezlashtirishi va kengaytirishi lozim”, — deyiladi Ursula fon der Lyayen bayonotida.
Shuningdek, Yevropa komissiyasi Ukraina uchun yangi uzoq muddatli moliyalashtirish variantlarini ham taqdim qilgan. Yevropa komissiyasi rahbari muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni qoʻllab-quvvatlagan va bu taklifni “eng samarali yoʻl” deb atagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring