Yevropa Ittifoqi uchun muhim siyosiy jarayon boshlandi
Foto: socialistsanddemocrats.eu
Bugundan Yevropa Ittifoq parlamentiga saylovlar boshlandi. Ovoz berish jarayoni YEIga aʼzo 27 ta mamlakatda 6-iyundan 9-iyungacha oʻtkaziladi. Bu saylov natijasi Yevropa Ittifoqining kelajakdagi yoʻnalishlarini, shuningdek, siyosiy va iqtisodiy qarorlarini belgilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlishi kutilmoqda.
Ushbu siyosiy jarayonlarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, Ukraina-Rossiya va Falastin-Isroil oʻrtasida oshib borayotgan tarangliklar yangi parlamentga hal qilinishi kerak boʻlgan muammoli meros boʻlib oʻtadi.
Yevroittifoq saylovchilari uchun asosiy masalalar qatoriga iqtisodiyot, iqlim oʻzgarishi va immigratsiya kabi yoʻnalishlar ham kiradi. Koʻpgina siyosiy partiyalar oʻz kampaniyalarini ana shu mavzularga qaratyapti.
Toʻrt kunlik saylovlarda niderlandiyalik saylovchilar birinchilardan boʻlib ovoz berishadi. Mamlakatning siyosiy manzarasi rang-barang, koʻplab partiyalar deputatlik oʻrinlari uchun kurashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring