Yevropa Ittifoqi mudofaaga tayyorlanyapti. Rossiya chegarasidagi davlatlar boʻylab istehkomlar qurilmoqda
Yevropa Ittifoqi Rossiya va Belarus bilan chegarada joylashgan olti davlatning chegara xavfsizligini taʼminlash uchun 170 million yevro (180 million AQSH dollari) ajratdi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ushbu mablagʻlar xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun taqdim etilishini maʼlum qildi. U oʻz bayonotida bu davlatlar Rossiya va Belarusdan keladigan har qanday tahdidlarga qarshi chegaralarni himoya qilayotganini taʼkidladi.
Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo oʻz bayonatida mamlakatlar orasida Finlyandiya 50 million yevro olishini maʼlum qildi. Ushbu mablagʻ Finlyandiyaning 830 millik sharqiy chegarasini nazorat qilish va xavfsizligini oshirish uchun sarflanadi. Bu qoʻllab-quvvatlash Yevropa Ittifoqining umumiy xavfsizlikni taʼminlashdagi muhim qadami boʻldi.
Rossiya va Belarusdan kelishi mumkin boʻlgan tahdidlar tufayli chegara xavfsizligi boʻyicha qator choralar koʻrilmoqda. Polsha oʻz chegaralarida “Sharqiy qalqon” deb nomlangan fortifikatsiyalarni qurishni boshladi. Bu tizimga tankka qarshi ariqlar, bunkerlar, ilgʻor kuzatuv tizimlari va dronlarga qarshi himoya choralari kiradi.
Boltiq davlatlari — Estoniya, Latviya va Litva — chegara xavfsizligini kuchaytirish maqsadida qoʻshimcha mudofaa chiziqlarini qurishga kelishib oldi. Latviya Rossiya chegarasida havo himoyasi raketalari bilan jihozlangan mobil jang guruhlarini joylashtirdi. Bundan tashqari, dronlarni aniqlashga ixtisoslashgan radarlar oʻrnatildi.
Belarusda Rossiya yadro qurollarini joylashtirgani toʻgʻrisidagi xabarlar ushbu xavfsizlik choralarining ahamiyatini yanada kuchaytiryapti. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning aytishicha, bu qurollar qoʻshni davlatlar uchun jiddiy tahdid solishi mumkin. Shu munosabat bilan Polsha va Finlyandiya kabi davlatlar oʻz chegaralarini “mudofaa qalqoni”ga aylantirmoqda.
Yevropa mamlakatlari Rossiya bilan ehtimoliy mojarolarga tayyorgarlik koʻrayotgani xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi. Hukumatlar aholiga favqulodda holatda 72 soatga yetarli oziq-ovqat zaxirasini tayyorlab qoʻyishni tavsiya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring