“Yevro-2020”da maydonda yuragi toʻxtab qolgan Eriksen yana terma jamoa safida gol kiritdi
Foto: Reuters
Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen yana terma jamoaga qaytdi. U Amsterdam shahridagi «Yohan Kroyff Arena» stadionida Gollandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, gol kiritishga ham muvaffaq boʻldi.
Ushbu goldan soʻng futbolchi oʻz his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi. Bu gol futbolchi uchun bir yarim yillik tanaffusdan keyin birinchi gol boʻldi.
“Bu yerda koʻp yillar oʻynaganman (futbolchi 2009-2013-yillarda «Ayaks” jamoasi sharafini himoya qilgan), albatta, muxlislar meni eslashadi, shu bois juda iliq kutib olishdi. Toʻp menga kelganida ajoyib hujumni gol bilan yakunlash imkoniyatiga ega boʻldim. Xalqaro maydonga qaytishni shu tarzda boshlash juda zoʻr. Men Qatarda boʻladigan jahon chempionatida ishtirok etishni intiqlik bilan kutyapman. Ammo oldinda boshqa koʻplab uchrashuvlar bor va hozir eʼtiborimni ularga qaratishga harakat qilaman», — degan Eriksen oʻyindan keyin.
Uchrashuvda 4:2 hisobida mezbonlar gʻalaba qozondi..
2021-yilning 12-iyun kuni 29 yoshli futbolchi Yevropa chempionati doirasidagi Daniya va Finlyandiya oʻyinida hushini yoʻqotib, maydonga yiqilgandi. Oʻsha paytda uning yuragi toʻxtab qolgan. Jamoa sardori Saymon Kyayer Eriksenga birinchi yordamni koʻrsatadi. Keyin Daniya jamoasi shifokorlari va navbatchi reanimatsiya guruhi vaziyatga aralashadi va futbolchi shifoxonaga olib ketiladi. Kasalxonada Eriksenga kardiostimulyator qoʻyiladi.
Eriksen oʻsha paytda Milanning «Inter» klubi futbolchisi edi. Ammo Italiya qoidalariga koʻra, kardiostimulyator bilan u professional ligada futbol oʻynay olmasdi. Shu bois Eriksen bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinadi.
Futbolchi ayni paytda Angliyaning «Brentford» klubi sharafini himoya qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring