“Etixad”da ishlagan barmen “Yunayted” formasi sabab ishdan haydaldi
“Manchester Yunayted” gʻalati sabab tufayli “Etixad” stadionidagi barmenini ishdan boʻshatdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Joriy yilning 14-sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasi 4-turi doirasida “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” jamoalari oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtdi. “Etixad” stadionida kechgan bahs maydon egalarining 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Maʼlum boʻlishicha, derbi boʻlgan kuni stadionning 315-sektorida ishlagan barmen “Manchester Yunayted” jamoasi libosini kiyib, mijozlarga xizmat qilgan.
Manbaga koʻra, ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda “Manchester Siti” muxlislarining keskin eʼtirozlariga sabab boʻlgan. Shundan soʻng klub ushbu barmen ishdan boʻshatilganini eʼlon qilgan.
“Manchester Siti”ning qarori futbol muxlislarini ikki tomonlama fikrga undadi. Bir tomon klub rahbariyatining qarorini qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomon oddiy bir barmenning raqib jamoa libosida xizmat qilgani uchun ishdan boʻshatilishini haddan tashqari keskin chora sifatida baholagan.
Bu voqea futbolning nafaqat maydon ichida, balki tashqarisidagi keskin raqobat va emotsiyalarga boy sport ekanini koʻrsatib berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring