“O‘zbekkonsert” "Estradadan maqomgacha..." teleloyihasiga start berdi
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasida sanʼatning turli yoʻnalishlarida ijod qilayotgan taniqli xonandalar ishtirokida bir qator ijodiy loyihalar boshlandi.
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi xabariga koʻra, mazkur loyihalardan birinchisi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Estradadan maqomgacha” teleloyihasidir.
Asosiy maqsadi oʻzbek milliy mumtoz qoʻshiqchiligi hamda maqom sanʼatini targʻib qilishga qaratilgan ushbu teleloyihani amalga oshirish yuzasidan Muassasada Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi vakillari hamda taniqli xonandalar ishtirokida ijodiy yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishni Muassasa rahbari Jamoliddin Uzoqov ochib berib, mazkur ijodiy loyihani qoʻllab-quvvatlashgani uchun MTRK vakillariga hamda taniqli xonandalarga oʻz minnatdorligini bildirdi. Shundan soʻng loyihani amalga oshirish yuzasidan barcha tashkiliy va ijodiy masalalar yigʻilganlar bilan muhokama qilindi. Yigʻilishda loyihani yanada qiziqroq va mukammalroq boʻlishi uchun televideniye vakillari va xonandalar tomonidan ham bir qator takliflar berildi.
Eʼtiborlisi, mazkur loyiha shartlarini baholab borish hamda xonandalarga maqom yoʻllaridagi ashulalarni oʻrgatib borish uchun mumtoz sanʼatimizning nomdor ustalari, Oʻzbekiston xalq hofizlari, Oʻzbekiston xalq artistlari ham jalb etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring