Eronning muvaqqat prezidenti Muhammad Moxbar haqida nimalar maʼlum?

16:34 20 May 2024 Dunyo
491 0

Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat oqibatida vafot etdi. Uning janoza marosimi 21-may kuni Tabriz shahrida boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi. Shuningdek, mamlakatda 5 kunlik motam tutiladi. Ushbu davlat konstitutsiyasiga koʻra, bunday holatda birinchi vitse-prezident prezident vazifalarini oʻz boʻyniga oladi. Shunday qilib, Muhammad Moxbar Eron Islom Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. 50 kun ichida prezidentlik uchun yangi saylovlar boʻlib oʻtadi.

Xoʻsh, Muhammad Moxbar haqida nimalar maʼlum?

Moxbar 2021-yilgi saylovlardan soʻng Raisiy hukumatga kelishi bilan birinchi vitse-prezident lavozimiga tayinlangan edi. 68 yoshli diplomat mamlakat Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga yaqinligi bilan mashhur. Oʻtgan yilning oktyabr oyida Eron Rossiyaga raketa va dronlar yetkazib berishga rozi boʻlganida Moskvaga tashrif bilan kelgandi. 2010-yilda Yevropa Ittifoqi Moxbarni yadroviy va ballistik raketa faoliyatiga aloqadorlikda ayblab, unga nisbatan sanksiya qoʻllagan jismoniy hamda yuridik shaxslar roʻyxatiga kiritgandi. Shundan ikki yil oʻtib cheklov olib tashlangani ham maʼlum. Shu bilan birgalikda Eron—Iroq urushi qatnashchisi hisoblanadi.

90-yillarda u “Dezful” telekommunikatsiya kompaniyasi direktori boʻlib ishlagan. U Mostazafanning eng yirik jamgʻarmasining tijorat masalalari boʻyicha vitse-prezidenti va “Bank Sina” direktorlar kengashi raisi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Muhammad Moxbar 2021-yil yanvar oyida AQSH moliya vazirligining sanksiyalar roʻyxatiga kiritilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?