Erondagi oʻzbekistonliklar Turkmaniston va Ozarbayjon orqali evakuatsiya qilindi

Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan mamlakatdagi xorijiy diplomatlar, ularning oila aʼzolari va boshqa fuqarolar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Turkmaniston evakuatsiya ishlarini zudlik bilan tashkil etish maqsadida oʻz hududini taqdim etgan va zarur choralar koʻrgan.
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunga qadar Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Ruminiya va boshqa davlatlardan 120 nafarga yaqin fuqaro Turkmaniston davlat chegarasini nazorat-oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtgan. Ularga transport vositalari, ovqat, mehmonxona va zarur kundalik ehtiyojlar bilan yordam koʻrsatilgan.
“Gumanitar yordam doirasida Turkmanistonning tegishli davlat idoralari xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda ishlamoqda. Turkmaniston BMT Bosh assambleyasi tomonidan oʻz tashabbusi bilan eʼlon qilingan «Xalqaro tinchlik va ishonch” yilida insonparvarlik, xalqaro hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilik tamoyillariga sodiq ekanini taʼkidladi», — deyiladi TIV xabarida.
Shuningdek, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanovning maʼlum qilishicha, bugun, 16-iyun holatiga koʻra, 30 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilingan.
“Mazkur jarayonda yaqindan koʻmak bergan Turkmaniston, Ozarbayjon va Eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz. Fuqarolarimizning xavfsizligini taʼminlash maqsadida barcha zarur choralar koʻrilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda”, — deyiladi Oʻzbekiston TIV xabarida.
Bundan tashqari, ayni paytda ushbu davlatlarda boʻlib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda boʻlish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalarimiz bilan aloqada boʻlish tavsiya etilgan.
Erondagi Elchixonamiz aloqa maʼlumotlari:
- Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025
- Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz
Isroildagi Elchixonamiz aloqa maʼlumotlari:
- Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076
Shoshilinch xabarlar uchun:
- +972 (54) 485-1397
- Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring