Eronda navbatdagi prezidentlik saylovi qachon oʻtishi maʼlum qilindi

10:57 21 May 2024 Dunyo
331 0

Foto: Reuters

Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovi shu yilning 28-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Eronning IRNA axborot agentligiga koʻra, prezidentlik saylovlari joriy yilning 28-iyun kuniga belgilangan. Nomzodlar 30-maydan 3-iyungacha roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Saylovoldi tashviqotlar 12-iyundan 27-iyungacha davom etadi.

Maʼlumki, shu yilning 19-may kuni Eron prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyot Ozarbayjon yaqinidagi togʻlarga qulab tushdi. Mamlakat konstitutsiyaga koʻra, prezidentning vazifalari 50 kunga vitse-prezident Muhammad Muxbarga oʻtdi. Mamlakat qonunchiligiga koʻra, ellik kundan keyin yangi saylovlar tashkil etilishi kerak.

Ibrohim Raisiy hozirgi Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiyning ehtimoliy vorisi sifatida koʻrilayotgan edi. Jumladan, muvaqqat prezident Muhammad Moxbar ham Xomanaiyga yaqinligi aytiladi.

Eslatib oʻtamiz, Eron prezidenti bilan birga vertolyotda boʻlgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy, oyatullohning hududdagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshim ham hayotdan koʻz yumgan.

Ayni paytda tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ali Bagheri Kani Eron TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер