Eron yadroviy bomba yaratmagan — XAEA
Foto: Reuters
Isroil tomonidan birinchi marta bombardimon qilingan paytda Eron yadroviy bomba yaratmagan. Bu haqda “La Nacion” gazetasi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bosh direktori Rafael Grossiga tayanib xabar berdi.
“Ayni paytda javob “yoʻq”. Lekin unda koʻplab elementlar bor edi, unga olib keladigan... Biz xronologik savollarga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishimiz kerak. Iroqqa qurol ishlatish uchun 45 daqiqa kerak degan fojiali bayonot hammamiz esimizda...”, — deya tushuntirdi Grossi Eron yadroviy bomba yaratyaptimi yoki yoʻqmi, degan savolga.
Avvalroq, Rafael Grossi Isroilning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbalaridan keyin radiatsiya sizib chiqishi xavfi borligini aytgan edi.
Bir kun oldin, XAEA Isroilning Eronning Natanz shahridagi yadroviy inshootiga bergan zarbalaridan soʻng uranni boyitish boʻyicha yer osti zallariga taʼsir izlarini aniqlagan. Bunday xulosaga agentlik Isroilning juma kungi hujumlaridan soʻng toʻplangan yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh suratlari tahlili asosida kelgan. Isfaxon va Fordo hisobotlarida esa hech qanday oʻzgarishlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring