Eron va Isroil rasmiylari bayonot berishdi
Isroil va Eron rasmiylari Oyatulloh Ali Xomanaiy va Israel Katz yuz berayotgan voqealar yuzasidan bayonot berdi.
Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy davlat televideniyesi orqali bergan bayonotida Isroil oʻz hujumi bilan “urush boshlagan”i va bu harakatidan keyin “omon qolishiga” yoʻl qoʻyilmasligini aytdi.
“Sionistik rejim (Isroil) oʻz jinoyati oqibatlaridan omon qolmaydi. Eron xalqi bizning javobimiz toʻliq boʻlishiga amin boʻlishi kerak”, — degan Xomanaiy.
Shuningdek, Isroil Mudofaa vaziri Israel Katz ham bayonot berib, “Eron qizil chiziqni kesib oʻtdi” deya taʼkidladi.
“Eron Isroildagi tinch aholi punktlariga raketa zarbalarini berishga jurʼat etganda qizil chiziqlarni kesib oʻtdi. Biz Isroil fuqarolarini himoya qilishda davom etamiz va Oyatulloh rejimi oʻzining jinoiy harakatlari uchun juda katta toʻlov toʻlashini taʼminlaymiz”, degan Isroil rasmiysi.
Bundan tashqari, Benyamin Netanyaxu hozirda Eron zarbalarini qaytarish uchun xavfsizlik kuchlari bilan maslahatlashayotgani xabar qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring