Eron generali oʻldirildi: buyurtmachi aniq

19:45 05 Iyun 2024 Dunyo
852 0

Suriyada eronlik harbiy maslahatchi Isroil havo hujumi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda “CNN” nashri xabar beradi. Isroil Suriyadagi Eron taʼsiriga qarshi kampaniyasini davom ettirayotgan bir davrda bunday voqea mintaqadagi keskinlikni kuchaytiradi deb taxmin qilinmoqda.

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi rasmiysi Said Abyar 3-iyun kuni uyushitirilgan havo hujumida halok boʻlgan. General Eronning Quds kuchlari aʼzosi hisoblanib, 2012-yildan beri Suriyadagi operatsiyalarda qatnashib kelgan.

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi uning oʻlimini tasdiqladi va javob qaytarishga vaʼda berdi. Isroil aniq zarba haqida izoh bermadi, ammo Eronning Suriyadagi harbiy mavjudligiga qarshi turishda davom etishini maʼlum qilgan.

Avvalroq Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot halokatida vafot etganidan soʻng uning vazifalari, konstitutsiyaga koʻra, birinchi vitse-prezident Muhammad Moxberga oʻtgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер