Eron “Yevropa uchligi” sanksiyalarni tiklashdagi “xatosi”ni tuzatishiga umid qilmoqda

20:19 28 Avgust 2025 Dunyo
636 0

Arxiv surat

Eron “Yevropa uchligi” mamlakatlari Islom Respublikasiga qarshi sanksiyalarni tiklashda yoʻl qoʻygan “xatosi”ni toʻgʻrilashga umid qilmoqda. Bu fikrlarni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi aytib oʻtdi.

“Eron tashqi ishlar vaziri Islom Respublikasi oʻz milliy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida «Yevropa uchligi”ning ushbu noqonuniy va asossiz harakatlariga javob berishini taʼkidladi», deyiladi mamlakat tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Araqchi yevropaliklarning xatti-harakatlarini »notoʻgʻri qadam» deb atadi va yaqin orada buning toʻgʻrilanishiga umid bildirdi.

Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyani oʻz ichiga olgan Yevropa Ittifoqi uchligi iyul oyida Tehron Isroil va AQSHning Eron yadroviy obyektlariga bergan zarbalari ortidan Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentlik bilan hamkorlikni toʻxtatgandan soʻng, Eronni yangi sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi. Keyinroq Eron Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya bilan Turkiyada iyul oyi oxirida boʻlib oʻtgan yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga rozi boʻldi.

Shu yilning 13-avgust kuni Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya BMTga maktub yoʻllab, Tehron yadroviy dasturi boʻyicha muzokaralarni davom ettirmasa, Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?