Eron chempioni Chempionlar ligasi 2-turida ham durang oʻynadi
Kecha, 29-sentyabr kuni OFK Elit chempionlar ligasi musobaqasining 2-turidan oʻrin olgan bahslar boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Eronning “Traktor” klubi oʻz maydonida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” klubini qabul qildi.
Shu kuni stadionga jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kelgan muxlislar oʻz uylariga birorta gol koʻrmay qaytdi. Yaʼni uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ahamiyatlisi, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Odiljon Hamrobekov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq harakat qildi.
Hamrobekov oʻyin davomida 84-marta toʻpga tegindi. Umumiy uzatmalarining 90 foizi aniq chiqdi. Aniq amalga oshirilgan uzun uzatmalar soni boʻyicha esa Hamrobekov bu mavsum ushbu musobaqadagi eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etdi. Yaʼni futbolchi butun oʻyin davomida 19 ta aniq uzun pas bera oldi.
“Sofascore” portali oʻyindan soʻng, Hamrobekovning harakatlarini 7,6 ballga baholadi. Bu esa darvozabon Alizizo Beyranvand va himoyachi Danial Esmailfardan keyingi eng yaxshi natija boʻldi.
Maʼlumot uchun, “Traktor” klubi Elit chempionlar ligasidagi keyingi oʻyinini 20-oktyabr kuni “Al-Sharja” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring