“Erkaklikda gumon qilingan” bokschidan yutqazgan Sitora Turdibekovaga IBA 100 ming AQSH dollar beradi

15:20 03 Avgust 2024 Sport
616 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida -57 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz Sitora Turdibekova ikki karra jahon chempioni, Xitoy Taypeyi vakili Yu Ting Lin bilan bellashgan hamyurtimiz 5:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va joriy Olimpiadadagi ishtirokini yakunlagandi.

Gap shundaki, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) testosteron miqdori koʻpligi bois jazoirlik Imane Xelif va Xitoy Taypeyi vakili Yu Ting Linni soʻnggi jahon chempionatida ishtirokiga ruxsat bermagan edi. Assotsiatsiya prezidenti Umar Kremlev Yu Ting Linga yutqazgan Sitora Turdibekova va Jazoir vakilasiga qarshi jang qilishni istamagan Anjela Kariga vaʼda qilingan mukofot pulini berishga qaror qildi.

Qayd etish kerakki, may oyida IBA rahbariyati “Parij-2024” oʻyinlari medal sovrindorlarini mukofot puli bilan taqdirlashga qaror qilgandi. IBA rasmiy sayti ushbu qarorni eʼlon qilib, ayollar boksidagi adolatsizlikdan afsus bildirgan.

Boks turnirida oltin medal sohiblari umumiy mukofot puli sifatida 100 ming AQSH dollari, ikkinchi oʻrin 50 ming, uchinchi oʻrinni olganlar esa 25 ming AQSH dollar olishi kerak edi.

Avvalroq, Anna Prakaten Olimpiada oʻyinlarini 11-oʻrinda yakunlagani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?