Erkaklarning boʻyi ayollarnikidan ikki baravar tez oʻsmoqda — Xalqaro olimlar guruhi
Arxiv foto
Xalqaro olimlar guruhi turmush darajasi va sogʻligʻini saqlash darajasi yuqori boʻlgan mamlakatlarda odamlarning boʻyi va vazni oshib borganini va bu jarayon erkaklarda ayollarnikiga qaraganda taxminan ikki barobar tez sodir boʻlganini aniqladi. Ushbu tadqiqot ishi haqida batafsil maqola “Biology Letters” jurnalida chop etilgan.
Tadqiqotchilar 62 mamlakatdan 135 645 nafar odamning maʼlumotlarini, shuningdek, Buyuk Britaniyadan 1900-yilgacha boʻlgan tarixiy statistikani tahlil qilishdi. Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan asrda erkaklarning boʻyi ayollarnikidan ikki barobarga oshgan.
Olimlar bu farqni atrof-muhit sharoitlariga nisbatan sezgir boʻlgan erkak tanasining xususiyatlari bilan bogʻlashadi. Turmush va sogʻliqni saqlash standartlari yuqori boʻlgan mamlakatlarda erkaklarning boʻyi va vazni ayollarnikiga qaraganda sezilarli darajada oshgan.
Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, erkaklar boʻyining oshishi aholining umumiy salomatligi va farovonligining koʻrsatkichi boʻlishi mumkin. Biroq turli mamlakatlarda hayot davomida odamlarning boʻyi va vaznidagi oʻzgarishlarni hisobga oladigan uzoq muddatli tadqiqotlar uchun aniqroq xulosalar kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring