Erdoʻgʻon Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi uzoq davom etishi haqida ogohlantirdi

Foto: AP
Erdoʻgʻon Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga arizalarini koʻrib chiqish shartini ilgari surdi
Turkiya parlamenti Shvetsiya va Finlyandiya oʻz majburiyatlarini bajarmasa, Shimoliy Atlantika ittifoqiga qoʻshilish haqidagi arizalarini ratifikatsiya qilish taklifini koʻrib chiqmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdoʻgʻon maʼlum qildi.
“Bu uzoq davom etadigan jarayon, biz bizga berilgan kafolatlarning bajarilishini nazorat qilamiz. Agar talablar bajarilmasa, biz ratifikatsiya qilish taklifini parlamentga yubormaymiz”, dedi Turkiya prezidenti Madriddagi sammit yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumani chogʻida agar bu davlatlar oʻz majburiyatlarini bajarmasa, xafa boʻlmaslikka chaqirib.
Turkiya Shvetsiyadan taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasining 73 nafar aʼzosini ekstraditsiya qilish kafolatini oldi. Bundan tashqari, 2022-yil 1-iyuldan boshlab Shvetsiya Turkiya bilan erishilgan kelishuv doirasida terrorchilik jinoyatlari toʻgʻrisidagi qonunni kuchaytirishga rozi boʻldi.
28-iyun kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Madriddagi uchrashuvdan soʻng Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya delegatsiyalari qoʻshma memorandum imzolaganini va endilikda Anqara bu davlatlarning alyansga kirishini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini aytgan edi.
Xelsinki va Stokgolm Anqaraning xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasidagi xavotirlarini inobatga olishga vaʼda berdi. Stoltenbergning soʻzlariga koʻra, 29-iyun kuni Finlyandiya va Shvetsiyaga alyansga aʼzo boʻlish uchun rasman taklif qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring