Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
“Yengil sanoat sohasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 19.09.2025 y) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʻlum qildi.
Mazkur farmonga koʻra, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.
Ushbu agentlik toʻqimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik sanoati sohalarida ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur agentlik qoshida Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ham tashkil etilishi ham belgilangan.
Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025-yil 1-oktyabrdan quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari qoʻllaniladi:
- xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish va sertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish;
- eksport shartnomalari boʻyicha sugʻurtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplash hamda mutaxassislarni oʻqitish uchun grantlar ajratish;
- xorijiy davlatlarda savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, reklama kampaniyalarini tashkil etish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining bir qismini qoplash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring